← Barcha loyihalar

Shaxsiy Live WebBackend

UzStroyMarket

Qurilish materiallari uchun ko'p sotuvchili marketplace: xaridor sayti, sotuvchi va bosh admin panellari hamda Telegram orqali telefonni tasdiqlash boti.

Rol
Fullstack dasturchi
Yil
2026
Holat
Live
Turi
Shaxsiy
Saytni ochish

Kod yopiq (NDA / tijorat)

UzStroyMarket

Muammo

Qurilish materiallarini topish, do'konlar takliflarini solishtirish va buyurtma berish tarqoq kanallarda yuradi; bir nechta sotuvchi bilan ishlaganda qoldiq va buyurtmalarni to'g'ri yuritish qiyin.

Yechim

Xaridor, sotuvchi va administrator bitta tizimda ishlaydi. Checkout'da qoldiq tranzaksiya ichida tekshiriladi va band qilinadi, takroriy so'rov bir xil kalit bilan yangi buyurtma yaratmaydi, bir nechta do'kondan tuzilgan savat har bir sotuvchi uchun alohida buyurtmaga ajratiladi. Admin o'zgarishlari audit yozuvlari bilan saqlanadi.

Natija

Platforma uzstroymarket.uz da jonli ishlaydi (uz / ru / en, kunduz va tun rejimi). Ro'yxatdan o'tishda telefon raqami Telegram boti orqali olti xonali kod bilan tasdiqlanadi.

Asosiy jihatlar

  • Uch rol: xaridor, sotuvchi (alohida kabinet), bosh admin
  • Tranzaksiyada qoldiqni band qilish va idempotent checkout
  • Ko'p do'konli savat → sotuvchi bo'yicha alohida buyurtmalar
  • Admin o'zgarishlari uchun audit yozuvlari
  • Telegram boti orqali telefonni tasdiqlash, uz/ru/en, kunduz/tun rejimi