Ish
Live
BotAvtomatlashtirishBackend
E-auksion lot radari
e-auksion.uz dagi Toshkent lotlarini avtomatik yig'ib, saralab, eng yaxshi 10 tasini Telegram'ga yuboradigan bot.
Kod yopiq (NDA / tijorat)
Muammo
Auksion platformasida minglab lot bor — mos keladiganlarini qo'lda kuzatib borish juda ko'p vaqt oladi.
Yechim
Dastur haftasiga ikki marta lotlarni yig'adi, mezonlar fayli bo'yicha saralaydi, narxni boshqa lotlar bilan solishtiradi, ball beradi va TOP-10 ni tahlili bilan Telegram'ga yuboradi. Yuborilgan lot narxi tushmaguncha qayta kelmaydi.
Natija
Serverda jadval bo'yicha real ishlab turibdi. Kod faqat Python standart kutubxonasiga tayanadi va 200 dan ortiq avtomatik test bilan qoplangan.
Asosiy jihatlar
- Mezonlar JSON faylida: mulk guruhi, toifa, boshlang'ich narx, to'lov shartlari
- Narx solishtiruvi va ball tizimi
- Takroriy lotlarni filtrlash (SQLite)
- Dry-run rejimi va jurnal; tashqi bog'liqliklar yo'q

